Ijtimoiy tarmoqlarda, Katta Andijon magistral kanali boshqarmasi sobiq rahbari B.U tomonidan yo`l qo`yilayotgan qonunbuzilish holatlari xususida xabar tarqalgan.
Viloyat prokuraturasining ma`lum qilishicha, Katta Andijon magistral kanali boshqarmasi mansabdor shaxslari tomonidan juda ko`p miqdordagi byudjet mablag`larini talon-toroj qilganligi holati yuzasidan 2022 yil 13 iyulda O`zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, boshqarma sobiq rahbari B.U tomonidan yo`l qo`yilgan qonunbuzilish holatlari haqidagi ma`lumotlar jinoyat ishi doirasida tekshirilishi va qonuniy baho berilishi ta`minlanadi.
Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.