AsosiyJinoyat

Qo`rg`ontepa tumanida kollej diplomini olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

'Qo`rg`ontepa tumanida kollej diplomini olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo`rg`ontepa tuman bo`limi tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi

Unda, fuqaro T.Yu. boshqa bir fuqarolar N. va S.ga  go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tibbiyot kollejini tugatganligi haqida diplom olib berishi evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar