"Hududgaz Poytaxt" Matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent shahar Mirobod tumani, Mirobod ko`chasida joylashgan er osti gaz quvuri kuz-qish mavsumiga shay holga keltirish uchun ta`mirlanmoqda.
Shu munosabat bilan bugun soat 10:00 dan 14:00 gacha ta'mirlash ishlari rejalashtirilgan. Shu vaqt oralig`ida ushbu kõchadagi ulgurji iste`molchilarda gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi. "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati.
Sal avval, bugun soat 10:00 dan 17:00ga qadar Shayxontohur va Chilonzor tumanlarining ba`zi hududlarida ham gaz o`chirilishi haqida xabar berilgan edi.






