AsosiyJamiyat

3 ta viloyatning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarma boshliqlari ishdan olindi

'3 ta viloyatning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarma boshliqlari ishdan olindi'ning rasmi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi o`tkazildi. Bu haqda qo`mita Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda sohaga oid qonunlar va Prezident farmon va qarorlari ijrosining bajarilishi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar va mamlakatimizda chiqindi sohasida qilinayotgan ishlarning bajarilish kabi masalalar muhokama qilingan.

Yig`ilishda o`z ishiga mas`uliyatsizlik bilan yondashgan bir qator hududiy boshqarma boshliqlari, ya`ni Navoiy, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarma boshliqlari ishdan olingan.  

Shuningdek, Davlat ekologiya qo`mitasi markaziy apparatining uch nafar mas`ul xodimlariga, “Yashil makon” umummilliy loyihasiga bevosita mas`ul bo`lgan uch nafar hududiy boshqarma boshliqlarining birinchi o`rinbosarlariga va chiqindi sohasini boshqarishga mas`ul bo`lgan hududiy boshqarma boshliqlarining ikkinchi o`rinbosarlariga “hayfsan” intizomiy choralari qo`llanildi.

Eslatib o`tamiz, bugun erta tongdan Toshkent shahrida o`tkaziladigan ekologik reydga start berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar