AsosiyJinoyat

Buxoroda tadbirkorning er maydonini 8 000 AQSh dollariga sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

'Buxoroda tadbirkorning er maydonini 8 000 AQSh dollariga sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro S.S. Buxoro tumani “Bog`idasht” MFY hududidagi tadbirkor Sh.ning issiqxonasiga qarashli 4 sotix er maydonini boshqa bir fuqaro A.ga 8 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, ushbu er maydoni o`ziga tegishli ekanligini aytib, tanishlari yordamida hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar