AsosiyJamiyat

Olmaliqda Tojikistondan kelib vaqtincha yashayotgan oilada 3 egizak tug`ildi

'Olmaliqda Tojikistondan kelib vaqtincha yashayotgan oilada 3 egizak tug`ildi'ning rasmi

Toshkent viloyat perinatal markazida Tojikiston fuqarosi, Olmaliq shahar Sharof Rashidov mahallasida vaqtincha istiqomat qilayotgan Ilhom Xusainov va Xolida Safarovalar oilasida bir yo`la uch nafar o`g`il farzand dunyoga keldi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Toshkent viloyati adliya boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, bu oilada bundan avval bir o`g`il va bir qiz bo`lgan. Endilikda ular besh nafar bo`ldi. Chaqaloqlarga Hasan, Husan va Husniddin, deb ism qo`yildi.

Hozirda egizaklar tajribali shifokorlar nazoratida ostida bo`lib, ularga malakali tibbiy xizmat ko`rsatilmoqda.

12 avgust kuni Olmaliq shahar FHDYo bo`limi tomonidan tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomalar egizaklarning xolasi Aziza Baratovaga topshirildi. 

Ma`lumot o`rnida: joriy yilning 9 avgustiga qadar Olmaliq shahrida 2 ming 309 nafar chaqaloq tug`ilgan. Ularning 1 ming 191 nafari o`g`il, 1 ming 118 nafari esa qiz. Uch egizakning tug`ilish yil boshidan beri ilk marotaba qayd etildi.

Eslatib o`tamiz, sal avval Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 3 egiz qiz tug`ilgani xabar qilingan edi. 

 

    Boshqa yangiliklar