1

Samarqandda 17 yoshli o`smir Telegram' orqali soxta aksiya o`tkazib, 28 kishining bank kartasidagi pullarni echib oldi

Jinoyat 24.08.2022, 23:19
Samarqandda 17 yoshli o`smir Telegram' orqali soxta aksiya o`tkazib, 28 kishining bank kartasidagi pullarni echib oldi

IIV Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, Narpaylik yigit o`z odamlarga “Samsung A-72” telefonini yutib olganini aytib, karta ma`lumotlari va telefoniga kelgan SMS'dagi kodni so`ragan.

Osongina "o`lja"ga aylanib qolgan Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida yashovchi fuqaro shundan so`ng IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U Telegram messenjeri orqali “Texnomart Aksiya” nomli profil egasi “Samsung  A-72” rusumli telefon apparatini yutib oldingiz deb, firibgarlik yo`li bilan “Humo” bank kartasida bo`lgan 1,5 million so`mni echib olganini arizasida qayd etgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida surxondaryolik fuqaroning bank kartasidan firibgarlik yo`li bilan pullarni echib olgan shaxs Samarqand viloyati, Narpay tumanida yashovchi, 2005 yilda tug`ilgan, voyaga etmagan S.U. ekani aniqlangan.

Surishtiruv davomida, S.U. surxondaryolik fuqarodan tashqari yana 27 nafar fuqaroning bank kartasidagi pullarni o`zlashtirib olgani fosh etilgan.

Hozirda ushbu fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1