AsosiyJamiyat

Prezident maktab darsliklarini bepul ijaraga berish yuzasidan topshiriq berdi

'Prezident maktab darsliklarini bepul ijaraga berish yuzasidan topshiriq berdi'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan e`lon qilingan 2022/2023 o`quv yiliga maktab darsliklari to`plami uchun ijara to`lovi miqdori keng jamoatchilik, ota-onalar tomonidan keskin tanqidga uchradi.

Deputat Rasul Kusherbaev maktablarda darslik kitoblarni pullik ijaraga berishni Konstitusiyaga zid, deb hisobladi.  
 

Maktab darsliklari va mashq daftarlarining ijara to`lovlari miqdorlari keskin oshirilishi munosabati bilan keng jamoatchilik, ota-onalar tomonidan bildirilgan e`tirozlar yuzasidan Prezidentimizga axborot berildi.  Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Maktab darsliklari bolalarning umumiy o`rta ta`lim olishida favqulodda muhim o`rin tutishini hisobga olib hamda maktab o`quvchilari va ularning ota-onalarini, qonuniy vakillarini qo`llab-quvvatlash, ijtimoiy adolatni ta`minlash maqsadida davlatimiz rahbari Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta`limi vazirligiga maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berishni tezkor yo`lga qo`yish yuzasidan topshiriq berdi.

    Boshqa yangiliklar