O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev parlamentlar ayol rahbarlarining xalqaro sammitida ishtirok etish uchun Toshkentda bo`lib turgan Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisining o`rinbosari Galina Karelovani qabul qildi. Bu haqda
Davlatimiz rahbari O`zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida keyingi yillarda yuksak darajaga erishilganini, ko`p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.
Bundan avval davlatimiz rahbari Turkmaniston milliy kengashi majlisi raisi Gulshat Mammedovani, Ozarbayjon milliy majlisi raisi Sohiba Gafarovani qabul qildi.
Eslatib o`tamiz, bugun Toshkentda Parlamentlararo ittifoqqa a`zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi 14-sammiti o`z ishini boshladi.






