Farg`ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari 2 nafar qidiruvdagi erkakni qo`lga oldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Ichki ishlar boshqarmasi post-patrul xizmati va Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi 1-Mintaqaviy hudud 1-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida (O`g`irlik) ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, Farg`ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo`limi tomonidan qidiruv e`lon qilingan A.U.ni qo`lga olgan.
Shuningdek, Rossiyada xizmat safarida bo`lgan Farg`ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo`lmi xodimlari Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida (qasddan badanga o`rtacha og`irlikda shikast etkazish) ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e`lon qilingan I.G`.ni Moskva shahrida qo`lga olgan.






