Joriy yilning 7 sentyabr kuni Toshkentda 58 dona ko`p yillik baland daraxtlar bir kechada tadbirkor tomonidan yo`q qilingani haqida xabar qilingan edi.
Bosh prokuratura etkazilgan zarar quruvchi tashkilot rahbari tomonidan to`liq qoplangani, shuningdek, qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida 3 nafar gumonlanuvchi shaxslar Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangani haqida ma`lumot berdi. Ular orasida Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi boshlig`i ham hibsga olingan aytilgan edi.
Deputat Kusherbaev Toshkent shahar bosh ekologi Farhod Dexqonov kecha tunda qo`yib yuborilgani haqida xabar berdi.
– Daraxtkesarlarga qarshi kurashadigan organ rahbari hibsga olinishi jamoatchilikni larzaga keltirdi. Ayniqsa, bu ekologiya tizimidagi xodimlarga shashtni so`ndiradigan darajada qattiq zarba bo`ldi.
Hayriyatki, hammasi ortda qoldi.
Ekologlar ruxni cho`ktirmaymiz!
Fursatdan foydalanib, vaziyatni xolis baholab, to`g`ri qaror qabul qilinishiga hissa qo`shgan Bosh prokurorimizga minnatdorlik bildiraman, – deydi deputat.






