Hodisa Farg`ona viloyati Qo`qon shahridagi kvartiralardan birida vaqtincha yashab kelayotgan er-xotin o`rtasida sodir bo`lgan.
Oilaviy kelishmovchilik sabab ayol arazlab chiqib ketgan. Qaynona-qaynotasi ayolning ona uyiga borishganda, u singlisinikida yashab kelayotgani ma`lum bo`lgan.Shundan so`ng, ayol eriga telefon qilib, Turkiya davlatiga ketayotgani va oyiga 200 dollar pul yuborib turishini va o`g`liga g`amxo`rlik qilishini aytgan. Eri esa uni bu fikridan qaytarishga uringan. Oradan 4-5 kun o`tgach o`zlarining vaqtincha ijarada turgan uyida ko`rishishganda janjal yuzaga kelgan.
Erkak xotinini avval tanasining turli joylariga qo`li bilan urib, so`ngra o`ng ko`z qovog`i va ko`krak qafasining chap sohasiga pichoq bilan urib hayot uchun xavfli tan jarohatlari etkazgan.
Jinoyat ishlari bo`yicha Qo`qon shahar sudi tomonidan sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og`ir shikast etkazish) 2-qismi "l" bandida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan deb topilib unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazo qattiq tartibdagi kalonnalarda o`talishi belgilangan.






