AsosiyJinoyat

Interpol odam savdosi bilan shug`ullungan o`zbekistonlik ayolni Malayziyada qo`lga oldi

'Interpol odam savdosi bilan shug`ullungan o`zbekistonlik ayolni Malayziyada qo`lga oldi'ning rasmi

Huquq-tartibot idoralar tomonidan Interpol kanallari orqali odam savdosi bilan bog`liq jinoyat uchun qidiruvda bo`lgan va o`zgartirilgan shaxsiy ma`lumotlar ostida uzoq vaqt davomida Malayziyada yashirinib yurgan O`zbekiston fuqarosi (ayol) Interpolning O`zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xodimlari hamrohligida Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstradisiya qilindi.   Bu haqda Interpolning O`zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi ma`lum qildi.

Interpolning Toshkent va Kuala-Lumpurdagi Milliy markaziy byurolari o`rtasida olib borilgan qo`shma harakatlar va tezkor axborot ta`minoti, shuningdek, O`zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi vakillarining bevosita ko`magida jinoyatchining shaxsini aniqlash va qo`lga olish imkonini berdi.

Malayziya hukumati qidiruvdagi ayolni ekstradisiya qilish to`g`risidagi qaroridan so`ng, Interpol xodimlari hamrohligida jinoyatchi munosib jazo olish uchun O`zbekistonga olib ketildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar