AsosiyDunyo

Rossiyada safarbarlikka qarshi norozilik namoyishlari uyushtirilishi mumkin

'Rossiyada safarbarlikka qarshi norozilik namoyishlari uyushtirilishi mumkin'ning rasmi

Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putinning mamlakatda harbiy safarbarlik e`lon qilgani, uning murojaati ortidan Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham o`z murojaatini e`lon qilgani xaqida xabar berilgan edi. 

Rossiyaliklar ertalab e`lon qilingan qisman safarbarlikka qarshi norozilik namoyishini o`tkazishni rejalashtirmoqda.

“Vesna” harakati faollari rossiyaliklarni soat 19:00 da o`z shaharlari markazida namoyishga chiqishga chaqirmoqda.

 Norozilik shiorlaridan biri “Qabrga yo`l qo`yilmaydi!”.

«Minglab rus erkaklari - otalarimiz, ukalarimiz va erlarimiz urush go`sht maydalagichiga tashlanadi. Ular nima uchun o`ladi? Onalar va bolalar nima uchun ko`z yoshlarini to`kadi? Putin saroyi uchunmi?» - deb yozgan faollar chorshanba, 21 sentyabr kuni ertalab ijtimoiy tarmoqlarda.

 

 

    Boshqa yangiliklar