AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoyev: "Mendan tayyorlagan kadrlaringizni ko`rsating deyilsa, Zoyir Mirzaevni ko`rsatgan bo`lardim"

'Shavkat Mirziyoyev: "Mendan tayyorlagan kadrlaringizni ko`rsating deyilsa, Zoyir Mirzaevni ko`rsatgan bo`lardim"'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida bir qator vazirlar, viloyat mas`ullari va faollari ishtirokidagi yig`ilish bo`lib o`tmoqda. Ynda nutq so`zlayotgan davlat rahbari Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev haqida fikr bildirdi, deya xabar qilmoqda "darakchi.uz" muxbiri.

"Samarqand viloyatiga hokim bo`lib borganimda Mirzaev moliyaning rahbari edi. O`sha vaqtda birga ishlab, anchagina yaxshi kadr ekanini bilganman. Rahbarlikka kelgan birinchi kunlarimdayoq uni Bosh vazir o`rinbosari qildim, keyin Qashqadaryoga jo`natdim. Mana endi Toshkent viloyatiga tasdiqlaymiz. Agar hozir mendan prezident bo`lib, tayyorlagan kadrlaringizni ko`rsating deyilsa, ulardan biri sifatida Zoyir Mirzaevni ko`rsatgan bo`lardim. Toshkent viloyati hokimligiga Zoyir Mirzaev nomzodini taklif qilar ekanman, hozir ham shu vazifani bajara oladigan nomzod bo`lsa ko`rib chiqishga tayyorman", - dedi Prezident. 

 

 

    Boshqa yangiliklar