1

Urushdan zerikmagan Putin, "Ukrainani nazorat qilishga odatlangan Rossiya", yoxud katta talafot topayotgan ota-onalar...

Jamiyat 27.09.2022, 01:38
Urushdan zerikmagan Putin, "Ukrainani nazorat qilishga odatlangan Rossiya", yoxud katta talafot topayotgan ota-onalar...

Mana bir necha kun, oy va yildirki Rossiya va Ukraina o`rtasidagi murosasizlik tugamaydi.

Bir necha yillar ilgari mamlakatlar o`rtasida yuzaga kelgan tushunmovchilik ayni noodatiy raqamlar ya`ni 2022 yil ostida kuchaya bordi. Achinarlisi, bu urushda na g`olib va na mag`lub bor. Unda nafs, g`urur g`olib, mag`lub esa oddiy aholi.

Xususan, Rossiyada qisman harbiy safarbarlik e`lon qilingani haqida xabar bergan edik.

Xo`sh, dunyoni titratayotgan bu sovuq urush bo`yicha odamlar fikri qanday?

Darakchi.uz' mazkur masalaga to`xtaldi.

Jarayonga kirisharkanmiz, turli millat vakillari — o`zbek, rus, ingliz, tatar, tojiklar bilan ham bilan uchrashish, fikrlarini bilishga muvaffaq bo`ldik. Albatta ularning aksariyati tinchlik tarafdori. 

"Biz aqlga ega, rivojlangan odamlarmiz. Hammasini hal eti mumkin edi. Ruslar, ukrainlar qandaydir "yon berishlar bilan"vaziyatni o`nglashi mumkin edi. Ammo guvohi bo`lganingiz kabi ular bu tarzda harakatlanmoqda. Dunyo uchun ham, o`zlariga ham hech narsa yaxshi emas",— deydi rus millatiga mansub bir fuqaro.

Boshqa bir respondentning so`zlariga ko`ra, hozirda Rossiyada pul aylanmasi bilan bog`liq katta muammo bor.

"Qaysidir xalq, millatni bo`ysundirishga harakat qilayotganlarga, davlatlarni egishga intilayotganlarga butunlay qarshiman. 

Urush boshlangan paytdayoq ota-onasi Rossiyada bo`lgan dugonam ulardan pul olishi kerak bo`lgan. Shunda u menga Rossiya va Ukrainada bo`layotgan urushda  eng katta talofatni men ko`rdim degandi", — deydi u.

Toshkentning markaziy ko`chalarini bo`lar ekanmiz, u erda sayoxat qilib yurganlar ruslarga ko`zimiz tushdi va ularni ham suhbatga tortdik.

Biroq ular ham bu urushga qarshi, biroq safarbarlik haqidagi savolimiz berilishi bilanoq ularning ko`zi yoshga to`la boshladi.

So`rovnoma qatnashchilarining fikricha, Rossiya—Ukraina urushi bu katta "jumboq". Aslida ular yillar avval juda inoq bo`lishgan.

" Bilasizmi, ilgari ular juda ahil bo`lishgan. Misol uchun otamning millati tatar. Onamning esa yarmi rus, yarmi ukrain. Hozir esa ikki davlat o`rtasida urush bo`lmoqda. Tasavvur qilyapsizmi?".


Fikrlar turlicha, ammo xulosani doimgidek o`zingiz chiqarasiz. Biz esa jarayonlarni yoritishda davom etamiz.

Dilbar Abdunabieva.
Oybek Shukurov.
Darakchi.uz' uchun maxsus.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1