1

Navoiyda ota-bola og`ufurushlar qo`lga olindi

Jinoyat 09.10.2022, 11:42
Navoiyda ota-bola og`ufurushlar qo`lga olindi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi ota-bolaning jinoiy qilmishi “Qoradori-2022” tadbirining navbatdagi bosqichi jarayonida fosh etildi. Bu haqda “Postda” xabar bermoqda.

Tuman IIB xodimlari ularning yashash xonadonini ko`zdan kechirishganida, dastlab tomorqada 2 tup nasha parvarishlab kelinayotganligini aniqlashdi.  

Oila boshlig`i bu o`zining sog`lig`i uchun kerakligini, giyohvandlik vositalari oldi-sotdisi bilan shug`ullanmasligini ta`kidladi. Biroq bir muddat o`tib, uy ichidan 2 ta elim xaltada quritish uchun solib qo`yilgan jami 300 gramm nasha topildi. Xonadon sohibining 28 yoshli o`g`li bundan otasining xabari yo`qligini aytib, jinoyatni xaspo`shlamoqchi bo`ldi. 

Ota-o`g`ilga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1