Urgutda maktab direktori o`quvchini urgani aytilmoqda. Bu haqda “Bu kun" dasturida reportaj berildi.
Ma`lum qilinishicha, o`quvchining quloq pardasi yirtilgan, keyinchalik bola eshitmay qolishi ham mumkinligi aytilmoqda.
Holatga Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati munosabat bildirdi. Unga ko`ra, holat yuzasidan Urgut tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, sal avval Namanganda o`quvchini kaltaklagan o`qituvchiga nisbatan ish ochilgan edi.