AsosiyJinoyat

Boyovut tumani hokimi yordamchisiga jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Boyovut tumani hokimi yordamchisiga jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Sirdaryo viloyatida o`tkazilgan o`rganishda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadsiz ishlatilayotganligi, ta`minotchi korxonalar tomonidan fuqarolarga etkazib berilishi mumkin bo`lgan tovarlarni xarid qilmaganligi holatlari aniqlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Boyovut tumani hokimi yordamchisi T.J.ning ta`sischiligida 3 ta tadbirkorlik sub`ekti tashkil etilgan bo`lib, shundan “B.L.B.” MChJga 12 holatda fuqarolarning 371,5 mln.so`m kredit mablag`lari o`tkazib berilgan va ushbu mablag`lar maqsadsiz yo`naltirilgan.

O`rganish natijalari bo`yicha to`plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi va prokuratura tomonidan mazkur holat bo`yicha tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. 

Unga ko`ra, Boyovut tumani hokim yordamchisi T.J.ga va boshqalarga nisbatan 03.11.2022 yilda JKning 167-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirgi kunda tergov xarakatlari olib borilmoqda.

 

Boshqa yangiliklar