AsosiyJamiyat

⚡️ "Dok-1 Maks, Sinepar Kid, Ambronol..." Yana 10 ga yaqin bola Toshkentdagi 16-shifoxonaga yotqizildi

'⚡️ "Dok-1 Maks, Sinepar Kid, Ambronol..." Yana 10 ga yaqin bola Toshkentdagi 16-shifoxonaga yotqizildi'ning rasmi

O`zbekistonda 20 nafar bola "Dok-1 Maks" dorisini iste`mol qilib vafot etgan edi. Ayni paytda "gazeta.uz"ning xabar qilishicha, hozirda Respublika shoshilich tibbiy yordam ilmiy markazi reanimasiya bo`limida yana 10 nafarga yaqin bola shamollash asoratlari bilan yotibdi. Ular faqat "Dok-1 Maks" emas, balki "Sinepar Kid", "Ambronol" kabi dorilarni ham qabul qilgan.

Ma`lum qilinishicha, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (16-shahar shifoxonasi) bolalar reanimasiya bo`limi boshlig`i Alisher Mustaqimov hozir 14 bemor reanimasiya bo`limida davolanyotgani, ularning 10 nafari shamollash asoratlari bilan yotganini aytgan.

"Hozirgi paytda buyrakka asorat berayotgan respirator infeksiyalar soni bir muncha oshgan. Buyrak etishmovchiligi bilan yotgan kasallar o`zi har doim bo`lgan. Hozir ham bor. Ayni vaqtda oshib ketdi, ko`paydi deyolmayman. 10 nafar bemorning bir necha nafarining onasi shamollashga qarshi bo`lgan dorilarni ichishganini aytdi. Lekin, bu hozircha o`z tasdig`ini topgani yo`q. Hozir bitta doriga taqalib qolishdan yiroqdamiz. Chunki, bunday dorilarni ichmasdan buyrak kasalligi bilan og`riganlar ham bor. Bir necha xil dorilarni birga qabul qilgan bemorlar ham bor. Ularning bittasini qo`llagan bemorlar ham bor", — deya ta`kidladi shifokor.

Tibbiyot markaziga kelgan bemorning qarindoshi jiyani o`tkir buyrak etishmovchiligi tashxisi bilan davolanayotganini ma`lum qildi.

Bemor bolalarning yaqinlari go`daklar "Sinepar Kid", "Ambronol" kabi dorilarni iste`mol qilganini ma`lum qilgan. 

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda  "Dok-1 Maks" dori vositasidan bolalar o`rtasidagi o`lim holatlari aniqlangan edi. Shundan so`ng SSV O`zbekistonda "Dok-1 Maks" dori vositalarini dorixonalardan qaytarib olishni boshladi  va  sirop ishi bo`yicha o`rganish natijalarini e`lon qildi. 

Hozircha, dorining salbiy ta`siri oqibatida vafot etgan bolalar soni 20 nafarga etgan. 

Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan “Quramax medical” MChJ hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186-3 moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi shaxslar DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Ushbu voqealar ortidan Qirg`izistonda ham  “Dok-1 Maks” dori vositalarini sotish taqiqlandi. 30 dekabrdan boshlab esa Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan O`zbekistondagi barcha dori vositalarining savdosi to`xtatildi.

    Boshqa yangiliklar