AsosiyJamiyat

Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida ham o`qishlar 23 yanvardan boshlanadi. Samarqandda esa 18 yanvardan hamma maktabga!

'Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida ham o`qishlar 23 yanvardan boshlanadi. Samarqandda esa 18 yanvardan hamma maktabga!'ning rasmi

Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ham bog`cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida qishki ta`til 22 yanvarga qadar uzaytirildi. 

Mazkur hududlarda ham o`quv mashg`ulotlari 23 yanvar, dushanba kunidan boshlanadi. 

Samarqand viloyatidagi barcha maktablarda esa ertaga, 18 yanvardan o`quv mashg`ulotlari boshlanadi. 

Eslatib o`tamiz, bundan avval Namangan, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon, Xorazm, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida bog`cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida qishki ta`til 22 yanvarga qadar uzaytirildi.

    Boshqa yangiliklar