Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo`rg`ontepa tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, o`qishga kiritishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Fuqaro A.X. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro U.A.ni tanishlari yordamida Toshkent temir yo`l muhandislari institutiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 5 300 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlanib, U.A. ushbu pullarni qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Shu kabi, fuqaro N.A. boshqa bir fuqaro A.K.ni tanishlari orqali O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutining Farg`ona filialiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlanib, N.A. ushbu pullar hisobidan 500 AQSh dollarini qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.