AsosiyJinoyat

Tadbirkorlarning 10 mln so`mini qo`lga kiritgan elektr tarmoqlari korxonasining xodimi qo`lga tushdi

'Tadbirkorlarning 10 mln so`mini qo`lga kiritgan elektr tarmoqlari korxonasining xodimi qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. 

Unda, “I.” elektr tarmoqlari korxonasining bo`lim boshlig`i o`rinbosari N.K. “M.” va “M.S.” MChJ rahbarlarining ishonchiga kirib, ushbu korxonalarga qarashli novvoyxona, dorixona va ishlab chiqarish sexiga yangi elektr hisoblagich o`rnatib,  hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga tadbirkorlarning jami 10 mln so`mini qo`lga kiritib, nosoz holatdagi elektr hisoblagichlarni o`rnatib, hujjatlarni rasmiylashtirib bermasdan aldab kelganligi aniqlangan.

Tekshiruv davomida, N.K. o`z aybiga iqror bo`lib, tadbirkorlardan olgan pullari hisobidan 7 mln so`mni qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 25, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar