AsosiyJinoyat

Sirdaryoda er kollej hovlisida avval xotinini, so`ng o`zini pichoqladi

'Sirdaryoda er kollej hovlisida avval xotinini, so`ng o`zini pichoqladi'ning rasmi

Sirdaryo viloyatining Yangier shahrida er xotinini qasddan o`ldirib, so`ng o`ziga pichoq urdi. Bu haqda “Darakchi.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 2 mart kuni soat 08:20 larda Yangier shahar tibbiyot kolleji hovlisida yuz bergan. Shu shaharda yashovchi fuqaro R.U. kollejning ikkinchi bosqich talabasi bo`lgan turmush o`rtog`i D.U.ni oilaviy kelishmovchilik negizida qasddan o`ldirish maqsadida o`zi bilan olib kelgan oshxona pichog`i bilan uning o`ng bo`yin, o`ng va chap ko`krak, chap oyoq boldir sohalariga jami etti marotaba urib, qasddan o`ldirgan.

Shundan so`ng R.U. sodir qilgan jinoyati uchun javobgarlikdan qochish maqsadida qo`lidagi pichoq bilan o`zining bo`yin va ko`krak sohalariga ikki marotaba urib, o`ziga-o`zi og`ir tan jarohatlari etkazgan.

U olgan tan jarohatlari bilan Yangier shahar tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo`limiga yotqizilgan, biroq ko`rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan kasalxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangier shahar prokuraturasi tomonidan 2 mart kuni R.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

Ma`lumot uchun, marhuma ayol 40 yoshda, uning eri 45 yoshda bo`lgan. Ularning uch nafar farzandi bor.

    Boshqa yangiliklar