Qirg`iziston Vazirlar Mahkamasining piyoz eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etish to`g`risidagi qarori qabul qilingan bo`lib, taqiq 31 yanvardan boshlab uch oy muddatga amal qilishi lozim edi.
Ammo Qishloq xo`jaligi vazirligi uni bekor qilishni taklif qildi, deya yozmoqda "zamon.uz".
Qayd etilishicha, Qishloq xo`jaligi vazirligi Qirg`iz Respublikasining piyozga oylik ichki talabi 6 ming tonnani tashkil etishi, fermerlarning 50 ming dona zaxirasi borligini qayd etgan.
Qonunchilikka ko`ra, agar zaxiralar uch oylik ehtiyojni qoplasa, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi ta`minlangan hisoblanadi. Qolaversa, aprel oyida yangi hosil yig`im-terim boshlanadi, bu esa piyozning ko`payishiga olib kelishi mumkin, buning natijasida fermerlar zarar ko`radi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston va Pokistonda piyoz hosili etishmovchiligi bo`lgani uchun uning boshqa davlatlardan importi oshirilgan edi. Natijada narxlarni ushlab turish va tanqislikning oldini olish maqsadida O`zbekiston, Qozog`iston va Qirg`iziston ushbu mahsulotni eksport qilishni taqiqladi.
O`zbekistonda qo`shimcha talab etiladigan 37,5 ming tn piyozni 1 aprelga qadar ichki bozorlarga kiritish rejalashtirilmoqda.