AsosiyJinoyat

Gulistonda 250 kg iste`molga yaroqsiz go`sht mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

'Gulistonda 250 kg iste`molga yaroqsiz go`sht mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar bo`limi tomonidan shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`limi hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda fuqaro I.U. boshqaruvidagi “DAMAS” rusumli avtotransport vositasida iste`molchilarning hayoti va sog`ligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan 250 kg mol go`shtini o`tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar