AsosiyJamiyat

Bloger Dili me tergovdan qochib yurgan ma`lum qilindi

'Bloger Dili me tergovdan qochib yurgan ma`lum qilindi'ning rasmi

Avvalroq Dili me taxallusi bilan tanilgan bloger Dilshod O`rozboev (Nazarov)ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgani haqida xabar bergan edik.

 Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, 1999 yilda tug`ilgan taniqli bloger Dilshod O`rozboev (Nazarov) joriy yilning 23 yanvar kuni fuqaro P.A.ni urib tan jarohati etkazgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko`ra, bloger o`zining kuyovi (singlisining turmush o`rtog`i)ni kaltaklagan. Bunga kuyov P.A. blogerning singlisini urgani sabab qilib ko`rsatilmoqda. Qayd etilishicha, O`rozboev (Nazarov)ning kuyovi u bilan tengdosh.

Hozircha P.A. blogerning singlisini kaltaklagani haqida rasmiy ma`lumot berilmadi.

    Boshqa yangiliklar