AsosiyJamiyat

“Dili me” tergov hibsxonasida saqlanayotgani aytildi

'“Dili me” tergov hibsxonasida saqlanayotgani aytildi'ning rasmi

“Dili me” taxallusi bilan tanilgan bloger Dilshod O`rozboev (Nazarov)ga jinoyat ishi qo`zg`atilgani haqida xabar bergan edik.

Hozirda unga nisbatan ochilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda, u hibsda saqlanmoqda. Bu haqda Darakchi.uz’ga Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati xodimi Nilufar Madieva ma`lum qildi.

Unda aytilishicha, Dilshod O`rozboev (Nazarov)ning kuyovi (singlisining eri) ekani aytilayotgan shaxs P.A. uning ustidan Yashnobod tuman prokuraturasiga arz qilgan. Tuman prokuraturasi esa holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atgan. Prokuratura esa tergovni Ichki ishlar boshqarmasiga o`tkazgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko`ra, bloger o`zining kuyovmni kaltaklagan. Bunga kuyov P.A. blogerning singlisini urgani sabab qilib ko`rsatilmoqda.

Nilufar Madievaga ko`ra, bloger bir necha bor chaqirtirilganiga qaramay, Yashnobod tumani Ichki ishlar boshqarmasiga bormagan. Ammo Madieva uning qancha muddat IIBga kelmay yurgani haqidagi ma`lumotlar tergov siri ekanini, bu tergovdan so`ng ma`lum qilinishini aytib o`tdi.

Shuningdek, bloger Dilshod O`rozboev (Nazarov) hozirda “Toshturma” nomi bilan tanilgan 1-sonli Toshkent tergov hibsxonasida saqlanayotgani, tergov uchun Yashnobod tumani IIBga olib borilayotgani ma`lum qilindi. 

    Boshqa yangiliklar