AsosiyJinoyat

Mirzacho`l xalq ta`limi bo`limi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Mirzacho`l xalq ta`limi bo`limi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyati bo`yicha boshqarmasi materiallari asosida viloyat Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tekshiruv natijasida Mirzacho`l tumani xalq ta`limi bo`limi faoliyatida qonun buzilishi holatlari aniqlandi. Bu haqda DXX darakchi.uz'ga ma`lum qildi.

Xususan, o`rnatilgan tartib-qoidalarga zid ravishda ortiqcha sinflar shakllantirilishi, ta`til, ish haqi va ustama pullar ortiqcha to`lanishi, qurilish-ta`mirlash ishlarida qo`shib yozish, umumiy o`rta ta`lim maktablaridagi tovar-moddiy boyliklarda kamomadlar mavjudligi va boshqa holatlar natijasida davlatga 1 mlrd. 593 mln. so`m miqdorida zarar etkazilgan.

Hozirda Mirzacho`l tumani xalq ta`limi bo`limi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste`mol qilish) va 167 (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar