AsosiyJinoyat

Bloger Emine Karamanova 7,5 yilga qamaldi

'Bloger Emine Karamanova 7,5 yilga qamaldi'ning rasmi

Shu yilning bahor oylarida blogerlik faoliyatiga aloqador bo`lmagan ish buyicha ijtmoyi  tarmoq faoli Emine-Lemara Mirzaahmedova hibsga olingan edi

Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyati sudi appelyasiya sudlov hay`atining 13 dekbr kungi sud majlisida Emine Karamanova (Lenara Miraaxmedova)ga nisbatan quyi instansiya sudining 7,5 yillik qamoq jazosi o`zgarishsiz qoldirildi. Bu haqda huquq faoli Abdurahmon.Tashanov ma`lum qildi.

47 yoshli bloger O`zbekiston Respublikasi JKning 139- (Tuhmat), 140- (Haqorat) va 165- (Tovlamachilik) moddalari bilan ayblangan.

Tergov organi tomonidan blogerga qo`yilgan JKning 167-moddasi (O`zlashtirish yoki rastarata qilish yo`li bilan talon-taroj qilish) va 228- (Hujjatlarni qalbakilashtirish) aybi uning zimmasidan chiqarib tashlangan.

Tovlamachilik epizodi bo`yicha jabrlanuvchi Yangiyo`l tumani hokimligi mutasaddisidir.

Bloger jazo muddatini umumiy tartibdagi koloniyada o`taydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar