1

Farg`onada 7 ming dollar evaziga ichki ishlarga ishga kiritib qo`yishni va`da qilgan ayol ushlandi

Jinoyat 20.01.2024, 16:45
Farg`onada 7 ming dollar evaziga ichki ishlarga ishga kiritib qo`yishni va`da qilgan ayol ushlandi

Farg`onada firibgarlik yo`li bilan pul mablag`larini qo`lga kiritmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 18 yanvar kuni, Farg`ona viloyati IIB, Departamentning Bag`dod tumani bo`limi hamda tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilgan. Tadbir davomida, arizachiga o`zini N. deb tanishtirgan ayol 7 ming dollar evaziga IIOga ishga olib kirib qo`yishini aytib, oldindan 2 ming dollarni “Oltin qo`rg`on” MFY hududida olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida N. muqaddam Jinoyat kodeksining 168-(firibgarlik), 223-moddalari (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O`zbekiston Respublikasiga kirish) bilan uch marotaba sudlangan N.X. ekani aniqlanib, pullarni o`z ehtiyoji uchun olgani, boshqa shaxsga berish niyati bo`lmaganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddalari 1-qismi va 28, 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1