1

Toshkent viloyatida ayol ichidan jinni chiqaraman deb, uni o`ldirib qo`ygan bojalar qamaldi

Jinoyat 23.01.2024, 15:17
Toshkent viloyatida ayol ichidan jinni chiqaraman deb, uni o`ldirib qo`ygan bojalar qamaldi

Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumanida bir ayolning ichiga jin kirib olgan deya, uni chiqarmoqchi bo`lib, ayolni o`ldirib qo`ygan ikki erkakka sud hukmi o`qildi. Bu haqda darakchi.uz'ga Oliy Sud matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, 35 yoshli B.R. bojasi 44 yoshli T.Yu. bilan firibgarlik yo`li bilan boylik orttirish maqsadida hech qanday diniy ta`limga ega bo`lmasdan insonlarga kirib qolgan jinlarni chiqaramiz deb boshqalarni ishontirish orqali firibgarlik bilan shug`ullanib kelgan.

Shunday ishlari davomida 2023 yilning 6 iyul kunidan 20 iyul kuniga qadar Oqqo`rg`on tumanida yashovchi 42 yoshli ayolning uyiga borib, unga unga go`yoki ichiga “jin” (shayton) kirib qolganligini aytib, uni chiqarish bilan shug`ullanishgan. Ular mazkur xizmati evaziga 1 mln so`m talab qilishgan.

Ular jinni chiqarish uchun “Qur`on oyatlari”dan o`qib, so`ngra o`zlari bilan olib kelgan bolg`a, temir qoziq, temir zanjir kabi predmetlar yordamida ayolning tanasiga urishgan. Natijada, ayol og`ir tan jarohatlari olgan. Buning oqibatida, u 20 iyul kuni o`zining yashash xonadonida vafot etgan.

Sudda erkaklar o`zlarining ayblariga to`liq iqror bo`lishgan. JIB Oqqo`rg`on tuman sudi hukmi bilan B.R. JKning 25,168-moddasi 2-qismi “b” bandi va 102-moddasi 1-qismi bilan 3 yil muddatga, T.Yu. esa JKning 25,168-moddasi 2-qismi “b” bandi va 102-moddasi 1-qismi bilan 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1