AsosiyJamiyat

Bloger Abror Muxtor Aliy ko`cha bezorilariga aloqador bo`lishi mumkin

'Bloger Abror Muxtor Aliy ko`cha bezorilariga aloqador bo`lishi mumkin'ning rasmi

Bugun, 8 fevral kuni bloger Abror Muxtor Aliy ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablariga bo`ysunmaganlikda ayblanib hibsga olingani haqida xabar berilgan edi.

Diniy blogerning qo`lga olinishi “ko`cha” bolalariga qarshi o`tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri bilan bog`liq bo`lishi ham mumkin.

Bloger ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlaridan birida “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida qo`lga olingan “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliev bilan yaqin ekanini aytgandi.

Ha, Saidaziz mening yaqin ukam, dedim. Uning gapiga turib bera olishini ko`rganman. U men uchun kerakli paytda turib bergan, men ham unga kerakli paytda turib beraman, — degan edi Abror Muxtor Aliy. 

Eslatib o`tamiz, Saidaziz Saidaliev o`tgan yil oxirida qo`lga olingan edi. U Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan ayblanmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar