1

Farg`onada qizining "oshig`i"dan pul talab qilgan ota qamaldi

Jinoyat 09.02.2024, 19:10
Farg`onada qizining "oshig`i"dan pul talab qilgan ota qamaldi

 Farg`ona viloyatida yashovchi 2004 yilda tug`ilgan qiz Namangan viloyatidan Qo`qon shahriga ishlash uchun kelgan erkak bilan yashirin ravishda ijaraga uy olib, birga yashay boshlagan. Oradan vaqt o`tib, ularning ishqiy munosabatidan qizning otasi xabar topgan. So`ngra qizi bilan o`sha erkakdan pul undirish rejasini tuzgan. Bu haqda "Millar" dasturi xabar berdi.

Yigitga qo`ng`iroq qilib, uni sharmanda qiluvchi ma`lumotlarni sir saqlash evaziga, 500 AQSh dollarini talab qilgan.

Shundan so`ng, yigit Qo`qon IIBga murojaat qilgan. Murojaat yuzasidan tezkor tadbir o`tkazilgan.

Tadbir davomida ayblanuvchi erkak va qizi jabrlanuvchidan 3 mln 600 ming so`m pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan to`plangan hujjatlar JIB Qo`qon shahar sudida ko`rib chiqilgan. 

Sudlanuvchilar bir oila bo`lib, otasi, onasi va qizi  jabrlanuvchini qo`rqitib, tovlamachilik yo`li bilan undan pul talab qilganligi ma`lum bo`lgan.

Onasi va qizi ayol kishi bo`lganligi, muqaddam sudlanmaganligi inobatga olinib, ularga ozodlikni cheklash jazosi, otasiga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1