AsosiyJinoyat

Sirdaryoda odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi

U uch nafar kambag‘al qo‘shnisini Rossiyaga fohishalik uchun sotib yubormoqchi bo‘lgan.

'Sirdaryoda odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi'ning rasmi

Sirdaryo viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari uch nafar qo‘shnisini fohishalik uchun xorijga sotmoqchi bo‘lgan ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi. 

Huquq-tartibot idoralari xodimlari ayolni uch nafar tanishi bilan chegara postida to‘xtatgan. U o‘zi bilan birga bo‘lgan ayollar uning qo‘shnilari ekanini, ular shunchaki, kuzatib qo‘yish uchun chiqqanini aytan. Tekshiruv davomida sudlanuvchi jabrlanuvchilarning pasportlaridan foydalangan holda elektron aviachiptalar sotib olgani ma’lum bo‘lgan.

U 2024 yilning aprel oyida Rossiyadan O‘zbekistonga qaytib, kam ta’minlangan qo‘shnilarining ishonchiga kirgan va ularni xorijda fohishalik bilan shug‘ullanib, yaxshigina pul topish mumkinligiga ishontirgan.

Sudlanuvchi jabrlanuvchilarning o‘zlari bu taklifga rozi bo‘lganini aytib, jazosini yengillashtirishni so‘ragan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 3 yil 6 oy qamoq jazosi tayinlandi.


    Boshqa yangiliklar