Sirdaryoda ayolni Rossiyaga fohishalikka jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyatda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryoda yashovchi Z. ismli ayol Yangiyer shahrida yashovchi ayolga Rossiyada ish borligini, u yerda fohishalik bilan shug‘ullanish evaziga ko‘p pul ishlab olish mumkinligini aytgan.
Ayol esa bunga ko‘ngan. Fuqaro Z. ayolga chipta va barcha hujjatlarni o‘zining yonidan qilib berishini aytgan. Z. ayolni o‘zining jinoiy sherigini bo‘lgan Z. ismli erkak bilan Rossiyaga jo‘natishni reja qilgan. Bu erkak va ayol Toshkent xalqaro aeroportiga Rossiyaga uchmoqchi bo‘lib ketayotgan vaqtda Sirdaryo tumanida qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan JKning 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.