AsosiySiyosat

O‘zbekistonda Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etildi

U davlat xizmatchilarining shaxsiy va professional diagnostikasi, ularning kasbiy bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari va psixologik so‘rovlar o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.

'O‘zbekistonda Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etildi'ning rasmi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzurida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etildi. Bu Vazirlar Mahkamasining 4 oktyabrdagi qarorida nazarda tutilgan.

Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish;
  • davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash;
  • kompetensiyalarni baholash jarayonida foydalanish uchun doimiy ravishda yangi uslublarni ishlab chiqish, o‘zlashtirish va joriy qilish;
  • kompetensiyalarni baholash natijalari asosida rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish trayektoriyasini ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish;
  • rahbarlik lavozimiga nomzodlarning umumiy kasbiy bilimi, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash bo‘yicha test sinovlarini hamda psixologik so‘rovnomalar o‘tkazish;
  • rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish va joy-joyiga qo‘yish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni va zamonaviy usullarni keng joriy etish.

Markaz Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari va texnik ko‘maklari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan moliyalashtiriladi.

Tashkilotga o‘z faoliyatini samarali amalga oshirishi uchun tegishli soha bo‘yicha malakali mutaxassislar va ekspertlarni, jumladan, xorijiy ekspertlarni belgilangan tartibda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilish, shuningdek, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari doirasida daromad keltiradigan faoliyat bilan shug‘ullanish, davlat fuqarolik xizmatida zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha axborot dasturlarini ishlab chiqish huquqi berilgan.

Markaz Toshkent shahri Chilonzor tumani Islom Karimov ko‘chasi 55-uy manzilidagi binoning birinchi qavatida joylashgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '184 nafar rahbar o‘ziga biriktirilgan kambag‘al oila xonadoniga biror marta bormagan — Prezident'ning rasmi

    Siyosat 13.12.2024 10:54

    184 nafar rahbar o‘ziga biriktirilgan kambag‘al oila xonadoniga biror marta bormagan — Prezident

    Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.

    'Endi qurilish sabab atmosferani ifloslantirgan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi mumkin'ning rasmi

    Siyosat 13.12.2024 08:16

    Endi qurilish sabab atmosferani ifloslantirgan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi mumkin

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, 500 kv.m.lik ochiq qurilish maydonidan yiliga o‘rtacha 50 tonna chang va qum havoga ko‘tariladi.

    'Timur Ishmetov Markaziy bank raisi bo‘lishi kutilmoqda'ning rasmi

    Siyosat 11.12.2024 15:29

    Timur Ishmetov Markaziy bank raisi bo‘lishi kutilmoqda

    Bungacha Ishmetov prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

    'Markaziy bank raisi vazifasidan ozod etilishi kutilmoqda'ning rasmi

    Siyosat 11.12.2024 12:43

    Markaziy bank raisi vazifasidan ozod etilishi kutilmoqda

    Prezident tomonidan Senatga taqdimnoma kiritildi.

    'Yangi Zelandiya va Venesuelaning O‘zbekistondagi Elchilari tayinlandi'ning rasmi

    Siyosat 10.12.2024 08:26

    Yangi Zelandiya va Venesuelaning O‘zbekistondagi Elchilari tayinlandi

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov yangi elchilardan ishonch yorliqlarni qabul qilib oldi.

    'Bosniya va Gersegovinaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi'ning rasmi

    Siyosat 09.12.2024 16:16

    Bosniya va Gersegovinaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi

    Baxtiyor Saidov Ivan Orlichdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.