AsosiyJamiyat

Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi

Mazkur tartib qanday munosabatlarni tartibga soladi?

'Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktyabrda “Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 652-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan qoidalar taqsimlash elektr tarmoqlaridan oqilona va shaffof foydalanish orqali barcha ishtirokchilarga teng shart-sharoitlar yaratish, taqsimlash tizimini xavfsiz va ishonchli ekspluatatsiya qilish va uni rivojlantirish, yakuniy iste’molchilar elektr ta’minotining ishonchliligi va barqarorligini ta’minlash, uzilishlarni oldini olish hamda elektr energiyasi sifatini ta’minlash, iste’molchilarning talabiga javob beradigan elektr energiyasini yetkazib berishdagi munosabatlarni tartibga soladi.

Qoidalar tarmoqqa ulanishga nisbatan qo‘llaniladigan qoidalar, tizimni tartiblashtirish bo‘yicha zarur shartlar va tartib-taomillarni, kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini taqsimlash tizimiga integratsiya qilish bilan bog‘liq munosabatlarni hamda favqulodda vaziyatlarda tizim ishonchliligini ta’minlash mezonlarini belgilaydi.

Shuningdek, tizimda aqlli tarmoqlar va zamonaviy infratuzilmani yaratish uchun yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish yuzasidan umumiy talablarni o‘rnatadi.

Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent viloyatida 3,5 tonnaga yaqin eshak va qoramol suyaklari aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:27

    Toshkent viloyatida 3,5 tonnaga yaqin eshak va qoramol suyaklari aniqlandi

    Qashqadaryodan olib kelingan suyaklar hech qanday hujjatlarsiz topilgan.

    'Ayrim xususiy klinikalar litsenziyasiz xizmat ko'rsatgani fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:32

    Ayrim xususiy klinikalar litsenziyasiz xizmat ko'rsatgani fosh etildi

    Raqobat qoʻmitasi oʻtkazgan tekshiruvlarda koʻplab qoidabuzarliklar aniqlandi.

    'Qashqadaryoda haydovchi piyodani urib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:41

    Qashqadaryoda haydovchi piyodani urib yubordi

    Buning ortidan jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazildi.

    'Samarqandda noqonuniy kumush savdosiga chek qoʻyildi'ning rasmi

    Jamiyat 15.10.2025 17:10

    Samarqandda noqonuniy kumush savdosiga chek qoʻyildi

    Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari 18 kilogramm kumushni 21 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan uch shaxsni jinoyat ustida qo‘lga oldi.

    'Habib Nurmagomedov "Jar" sport majmuasiga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Jamiyat 15.10.2025 14:07

    Habib Nurmagomedov "Jar" sport majmuasiga tashrif buyurdi

    U Otabek Umarov hamrohligida aralash jang san'ati bo'yicha tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi va o'z tavsiyalarini berdi.

    'Matematika olimpiadasi savollari tarqaldi'ning rasmi

    Jamiyat 15.10.2025 13:05

    Matematika olimpiadasi savollari tarqaldi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Asosiy olimpiadaning tuman bosqichi savollari noqonuniy tarqalganidan so‘ng, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy bayonot berdi.