AsosiySiyosat

Turkiya Qirg‘izistonning tashqi qarzidan voz kechdi

Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov moliya tashkilotlari va davlatlarga davlat qarzini “yashil” tashabbuslarga ayirboshlashni bir necha bor taklif qilgandi.

'Turkiya Qirg‘izistonning tashqi qarzidan voz kechdi'ning rasmi

Turkiya Qirg‘izistonning mamlakat oldidagi tashqi qarzidan kechdi, dedi prezident Sadir Japarov 5 noyabr kuni Bishkekda Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan muzokaradan so‘ng.

"Hurmatli prezident Erdog‘anga Qirg‘iziston Respublikasining Turkiya Respublikasi oldidagi tashqi qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida qabul qilingan qaror uchun alohida minnatdorlik bildirmoqchiman", — dedi u.

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati rahbari Dayirbek Orunbekovning aniqlik kiritishicha, qarz miqdori 58,8 million dollarni tashkil etgan va u "yashil iqtisodiyot" loyihalarini amalga oshirish evaziga hisobdan chiqarilgan.

Erdog‘an 4 noyabr kuni davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga keldi. U 6 noyabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etadi. Yig‘ilishda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham qatnashadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 25.12.2024 19:18

    Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

    Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik hamda umumiy tahdid va xatarlarga qarshi kurashda MDH doirasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish borasidagi dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

    'Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon va Rossiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

    Siyosat 25.12.2024 15:43

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon va Rossiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi

    Davlat rahbari Oqtouda samolyot halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.

    '"Axlat uchun pul to‘lamaganlar qorong‘ida o‘tiradimi?'ning rasmi

    Siyosat 24.12.2024 15:39

    "Axlat uchun pul to‘lamaganlar qorong‘ida o‘tiradimi?

    O‘zbekistonda chiqindidan qarzini to‘lash uchun fuqarolarga 5 kun muhlat beriladi.

    'O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lib kirish bo‘yicha AQSH bilan muzokaralarni yakunladi'ning rasmi

    Siyosat 20.12.2024 11:16

    O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lib kirish bo‘yicha AQSH bilan muzokaralarni yakunladi

    O‘zbekiston 1994 yilda JSTga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan va 2020 yildan buyon bu yo‘nalishda faol ish olib bormoqda.

    'Kiprda O‘zbekistonning birinchi elchisi ish boshladi'ning rasmi

    Siyosat 20.12.2024 08:47

    Kiprda O‘zbekistonning birinchi elchisi ish boshladi

    O‘zbekiston va Kipr o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1997 yilda o‘rnatilgan.

    '184 nafar rahbar o‘ziga biriktirilgan kambag‘al oila xonadoniga biror marta bormagan — Prezident'ning rasmi

    Siyosat 13.12.2024 10:54

    184 nafar rahbar o‘ziga biriktirilgan kambag‘al oila xonadoniga biror marta bormagan — Prezident

    Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.