AsosiyJamiyat

Samarqanda va Andijonda “prava” hamda sertifikat olib bermoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

Avtomaktab o‘rgatuvchisi va “Vatanparvar” hisobchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

'Samarqanda va Andijonda “prava” hamda sertifikat olib bermoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi'ning rasmi

Soxta haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtirib berish va sertifikat olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

 Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.H.” avtomaktabi o‘rgatuvchi ustasi G‘.Q. fuqaro A.R.ga avtomaktabda o‘qimasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 600 AQSH dollarini olib, unga soxta guvohnoma rasmiylashtirib berganligi aniqlanib, G‘.Q. tomonidan 100 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Departamentning Shahrixon tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Vataparvar” tashkilotining tuman bo‘limi hisobchisi Sh.X. fuqaro G.A.ga haydovchilik guvohnomasini olishi uchun o‘quv kursida o‘qiganligi to‘g‘risida sertifikat olib berishi evaziga 5,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Koreyaga ishlashga ketgan fuqaroning kafilidan 70 million so‘m undirildi'ning rasmi

    Jamiyat 14.12.2024 18:42

    Koreyaga ishlashga ketgan fuqaroning kafilidan 70 million so‘m undirildi

    Joriy yilning o‘tgan davrida o‘z ish joyini sababsiz tashlab ketgan qariyb 80 nafar hamyurtimizning kafillari tomonidan davlatga 2 mlrd 35 million so‘m jarima undirilgan.

    'O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida qo‘shimcha lavozim joriy qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 22:14

    'Shavkat Mirziyoyev Arab Amirliklarining ikki vaziri bilan uchrashdi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 21:17

    Shavkat Mirziyoyev Arab Amirliklarining ikki vaziri bilan uchrashdi

    O‘zbekiston Prezidenti BAA bilan hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

    'Hokimlar Prezident borgan Bo‘stonliqdagi  turistik majmualar bilan tanishtirildi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 21:10

    Hokimlar Prezident borgan Bo‘stonliqdagi turistik majmualar bilan tanishtirildi

    Ayni paytda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida hokimlar malaka oshirmoqda.

    'AQSH Ukrainani lend-lizsiz qoldirdi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 20:07

    AQSH Ukrainani lend-lizsiz qoldirdi

    AQSHning 2025 yilga mo‘ljallangan yangi mudofaa budjeti loyihasida lend-liz haqida hech qanday gap yo‘q.

    'O‘zbekistonga kuchli sovuq havo oqimi kirib kelmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 08:27

    O‘zbekistonga kuchli sovuq havo oqimi kirib kelmoqda

    O‘zgidromet tezkor axborot bilan chiqdi.