AsosiyJamiyat

Bir nechta mahalliy hokimliklar mansabdorlariga nisbatan javobgarlik choralari ko‘rildi

Ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlariga rioya qilinmagan.

'Bir nechta mahalliy hokimliklar mansabdorlariga nisbatan javobgarlik choralari ko‘rildi'ning rasmi

Ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlariga rioya qilmagan mahalliy hokimliklar mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik choralari ko‘rildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar qildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Namangan hamda Farg‘ona viloyatining tuman va shaharlarida joriy yilning 3-choragi yakunlari bo‘yicha Davlat rahbarining PF-6247-son Farmoniga asosan ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni e’lon qilib borilishi holati tahlil qilindi.

Jumladan, Namangan viloyatining Namangan, Uychi, Uchqo‘rg‘on tumanlari, Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumani, Quvasoy hamda Marg‘ilon shaharlari hokimliklarining bu boradagi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Ma’lumki, tuman va shahar hokimliklari tomonidan 12 turdagi ma’lumotlarni davriy ravishda ochiq e’lon qilib borilishi belgilangan.

O‘rganishlar davomida qator tuman va shahar hokimliklari tomonidan ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlashda sustkashliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Xususan, hokimliklar tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi yoki mahalliy budjetlarning har chorak yakunida shakllantiriladigan daromadlar va xarajatlar smetasi, rejadan orttirib bajarilgan qismi va mazkur mablag‘lar yo‘naltirilgan maqsadlar to‘g‘risidagi va boshqa qator muhim ma’lumotlar belgilangan tartibda e’lon qilinishi choralari ko‘rilmagan.

Natijada, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish va qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimlarni javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan Namangan hamda Farg‘ona viloyatlari hokimliklariga tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda 3 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborildi.

Agentlik tomonidan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasini muvofiqlashtirish va doimiy monitoring qilish, shu jumladan, ularning qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan ma’lumotlarni Internet tarmog‘iga joylashtirish bo‘yicha majburiyatlarini monitoring qilish ishlari muntazam davom ettiriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida qo‘shimcha lavozim joriy qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 22:14

    'Shavkat Mirziyoyev Arab Amirliklarining ikki vaziri bilan uchrashdi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 21:17

    Shavkat Mirziyoyev Arab Amirliklarining ikki vaziri bilan uchrashdi

    O‘zbekiston Prezidenti BAA bilan hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

    'Hokimlar Prezident borgan Bo‘stonliqdagi  turistik majmualar bilan tanishtirildi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 21:10

    Hokimlar Prezident borgan Bo‘stonliqdagi turistik majmualar bilan tanishtirildi

    Ayni paytda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida hokimlar malaka oshirmoqda.

    'AQSH Ukrainani lend-lizsiz qoldirdi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 20:07

    AQSH Ukrainani lend-lizsiz qoldirdi

    AQSHning 2025 yilga mo‘ljallangan yangi mudofaa budjeti loyihasida lend-liz haqida hech qanday gap yo‘q.

    'O‘zbekistonga kuchli sovuq havo oqimi kirib kelmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 08:27

    O‘zbekistonga kuchli sovuq havo oqimi kirib kelmoqda

    O‘zgidromet tezkor axborot bilan chiqdi.

    'Bugun ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 08:01

    Bugun ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

    Harorat 15 darajagacha iliq bo‘ladi.