AsosiyJamiyat

Tibbiyot muassasalarida 37 mingdan ortiq fuqaroga kafolatlanmagan xizmat ko‘rsatilgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi davlat tibbiyot muassasalari va xususiy klinikalardagi holatni o‘rgandi.

'Tibbiyot muassasalarida 37 mingdan ortiq fuqaroga kafolatlanmagan xizmat ko‘rsatilgani aniqlandi'ning rasmi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan respublikamiz miqyosida iste’molchilarning qonuniy huquqlarini himoya qilish maqsadida, Davlat tibbiyot muassasalari va xususiy klinikalarda tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash va sinash vositalarining metrologik ko‘rikdan o‘tkazilganligi va ulardan bemorlar ko‘rigida foydalanilish holati o‘rganildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.

Jumladan,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasida o‘rganish o‘tkazilganda, tibbiyot birlashmasi tomonidan metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilmagan jihozlardan ko‘rsatilgan xizmatlari uchun iste’molchilardan olingan mablag‘larni qayta hisob-kitob qilinganda, metrologiya tekshirishidan o‘tkazilmagan “Portativ EKG”dan 2024 yil aprel oyidan avgust oyigacha bo‘lgan muddat oralig‘ida 88 ta iste’molchilardan 2 640 000 so‘m olinganligi aniqlangan.

Buxoro viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tomonidan tibbiy pullik xizmatlar narx(tarif)larini o‘rganish davomida tibbiyot markazi tomonidan 2023-2024 yillar davomida funksional diagnostika bo‘limida ko‘rsatilgan xizmatlarda jami  152 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘lari amalda to‘lanmagan ish haqi mehnat xarajatlari oshirib kiritish evaziga 35 172 ta iste’molchilardan ortiqcha olinganligi holatlari aniqlandi. 

Surxondaryo viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasi 2024 yil yanvar oyidan oktyabr oyigacha tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash va sinash vositalarining metrologik ko‘rikdan o‘tkazilganligi holati va ulardan bemorlar ko‘rigida foydalanilishi orqali iste’molchilardan olingan to‘lovlar ma’lumotlarining solishtiruvi asosida o‘rganish o‘tkazildi.

Olib borilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasida iste’molchilarga ko‘rsatilgan xizmatlar hisobidan 398 nafar nomuayyan iste’molchiga 8 940 000 so‘mlik 1 ta xizmat turi bo‘yicha bemorlarga  metrologik tekshiruvdan o‘tkazilmagan tibbiy sinash va o‘lchash vositalari qo‘llanilgan holda xizmatlar ko‘rsatilganlik holatlari aniqlandi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, xizmat ko‘rsatuvchi Davlat tibbiyot muassasalari va xususiy klinikalar tomonidan (Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasi, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasi, Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali va “KARDIO-SONO MED SERVIS” MCHJ) jami 37 mingdan ortiq iste’molchilarga kafolatlanmagan xizmatlar ko‘rsatilganligi aniqlangan.

 Aniqlangan holatlar yuzasidan, Raqobat qo‘mitasi tomonidan  “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4, 12, 19, 20, 21 va 27 moddalari talablari buzilish alomatlari bilan xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot maskanlarga nisbatan, qonunbuzilish holatining bartaraf etilish va ortiqcha olingan pul mablag‘larni iste’molchilarga qaytarish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktorini qabul qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 22:29

    Prezident Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktorini qabul qildi

    Uchrashuvda amaliy sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi.

    'Dramaturg va yosh rejissyorlar uchun mukofot ta’sis etiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:52

    Dramaturg va yosh rejissyorlar uchun mukofot ta’sis etiladi

    Prezident qarori bilan teatrlarning ahamiyatini oshirish bo‘yicha yana bir qator sharoitlar yaratidmoqda.

    '84 nafar bolaga prezident sovg‘alari topshirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:16

    84 nafar bolaga prezident sovg‘alari topshirildi

    “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan joylarda sektor rahbarlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, mahalla “yettilik”lari hamda boshqa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bayram tadbirlari tashkil etildi.

    'Toshkentda “Inson huquqlari uyi” ochildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:36

    Toshkentda “Inson huquqlari uyi” ochildi

    “Inson huquqlari uyi”ning faoliyat boshlashi ayni konstitutsiyaviy normaning ro‘yobga chiqarilishi bilan bog‘liq yirik amaliy tadbir hisoblanadi.

    'Bugun O‘zbekistonda tumanli ob-havo bo‘ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:09

    Bugun O‘zbekistonda tumanli ob-havo bo‘ladi

    Harorat 5-9 daraja atrofida bo‘ladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 03.12.2024 19:49