AsosiyJamiyat

"Advokatlarning apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi"

Rasmiylar G‘. Dustovni ozod qilinishiga uning pushaymonligi, sog‘lig‘i hamda mahalla yettiligining kafilligi inobatga olinganligini ma’lum qiladi.

'"Advokatlarning apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi"'ning rasmi

Bugun Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining apellyatsiya instansiyasida G‘. Dustovning advokatlari tomonidan birinchi instansiya sudining qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlari sudya F. Ergashev raisligida ko‘rib chiqilgani xabar berilgan edi.

Toshkent shahar sudlarining xabar berishicha, apellyatsiya sudida G‘. Dustovning mayda bezorilik sodir etgani tasdiqlanib, birinchi instansiya sudi tomonidan uning harakati to‘g‘ri kvalifikatsiya qilingan deb topildi.

Shuningdek, sud G‘. Dustov avval ham (1 yil mobaynida) aynan shu turdagi huquqbuzarligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilganligi sababli advokatlarning G‘. Dustovga yarashuvga bo‘lgan huquqini tushuntirmaganligi haqidagi vajlari bilan kelishmagan 

"Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2025 yil 3 yanvardagi ajrimiga muvofiq G‘. Dustovga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi tomonidan chiqarilgan qaror o‘zgartirilib, huquqbuzarning pushaymonligi, sog‘lig‘i hamda mahalla yettiligining unga yengillik berishni so‘rab kafillik bildirilganligi inobatga olingan holda unga tayinlangan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi 8 sutka ma’muriy qamoq jazosiga keltirildi

Bugungi kun holatiga G‘. Dustov jazoni to‘liq o‘taganligi bois sud zalidan ma’muriy qamoqdan ozod qilindi.

Advokatlarning apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasi qarori ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga taftish tartibida shikoyat berishi, prokuror esa protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi", deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xitoydan Toshkentga jo‘natilgan yuk poyezdi muddatidan 5 kun avval yetib keladi'ning rasmi

    Jamiyat 04.01.2025 18:27

    Xitoydan Toshkentga jo‘natilgan yuk poyezdi muddatidan 5 kun avval yetib keladi

    Poyezd O‘zbekiston poytaxtiga odatdagidek 8-10 kunda emas, balki 5-6-kunda yetib kelishi kutilmoqda.

    'Bir necha viloyatlarda “Umra” tadbirlarini noqonuniy tarzda tashkil etib kelgan turfirmalar fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat 03.01.2025 23:14

    'Ba’zi yo‘lovchilarga poyezdda bir marta bepul yurish huquqi berildi'ning rasmi

    Jamiyat 03.01.2025 21:19

    Ba’zi yo‘lovchilarga poyezdda bir marta bepul yurish huquqi berildi

    “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun 1 yanvardan kuchga kirdi.

    'Ertaga bir nechta ko‘chalar yopiladi'ning rasmi

    Jamiyat 03.01.2025 21:03

    Ertaga bir nechta ko‘chalar yopiladi

    Bunga poytaxt ko‘chalarida o‘tkaziladigan paradi sabab bo‘lgan.

    'G‘ayrat Do‘stov sud zalidan ozod etildi'ning rasmi

    Jamiyat 03.01.2025 20:24

    G‘ayrat Do‘stov sud zalidan ozod etildi

    Haydovchiga berilgan 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi 8 sutkagacha qisqartirilib, sud zalidan ozod etilgan.

    'O‘rmon xo‘jaligi agentligiga yangi direktor tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat 03.01.2025 19:29

    O‘rmon xo‘jaligi agentligiga yangi direktor tayinlandi

    U Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosarligidan faoliyatidagi kamchiliklar sabab bo‘shatilgan edi.