Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy janjal sabab chaqaloqqa qaynoq suv to‘kilgani aks etgan videolar tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Ushbu holat yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘rganish ishlarini olib borib, rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat joriy yilning 27 yanvar kuni Toshkent viloyati Toshkent tumanida sodir bo‘lgan.
Fuqaro X.M. (1999 yilda tug‘ilgan ayol) qaynonasi M.X. (1966 yilda tug‘ilgan) bilan oilaviy o‘zaro janjal yuzaga kelgan va ayol keliniga qarata ichida issiq suv bo‘lgan "termos"ni otgan. Oqibatda onaning qo‘lida bo‘lgan chaqaloq (23 kunlik) ning oyoq va qo‘l qismi kuygan. Bolaga zaruriy tibbiy muolajalar ko‘rsatilishi ta’minlangan.
Hozirda tuman IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
"Nizo davom etishini oldini olish maqsadida X.M ga bir oy muddatga himoya orderi taqdim etilib, qo‘yilgan cheklovlar oila a’zolariga tushuntirildi",- deyiladi xabarda.