AsosiyJamiyat

Endi Toshkentdan Andijonga yetib borish vaqti 5 soatdan 3 soatgacha qisqaradi

“Toshkent – Andijon” muqobil yo‘li loyihalashtirildi.

'Endi Toshkentdan Andijonga yetib borish vaqti 5 soatdan 3 soatgacha qisqaradi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni yirik transport infratuzilmasi loyihalari bo‘yicha hisobot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

Aholi va iqtisodiyotning o‘sib borayotgan ehtiyojidan kelib chiqib, transport tarmog‘i izchil rivojlantirib borilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2023 yil 10 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, yo‘l xo‘jaligi sohasi takomillashtirildi, yo‘l qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish ko‘lami oshdi.

Mazkur qarorda zamonaviy avtomobil yo‘llarini tashkil etish istiqbollari ham belgilangan edi. Jumladan, o‘tgan vaqtda Jahon banki ishtirokida “Toshkent – Andijon” muqobil yo‘li loyihalashtirildi. Umumiy uzunligi 314 kilometr bo‘lgan bu tezyurar magistral foydalanishga topshirilishi natijasida Toshkentdan Andijonga yetib borish vaqti 5 soatdan 3 soatgacha qisqaradi. Shuningdek, bu yalpi ichki mahsulotni 2,6 foizga oshirib, avtohalokatlarni 40 foizga kamaytirishi mumkin.

Yaqinda ushbu loyiha bo‘yicha xalqaro tender e’lon qilindi. Qisqa vaqtda unga ko‘plab nufuzli xorijiy kompaniyalar qiziqish bildirdi.

Yig‘ilishda mazkur loyiha bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Transport vazirligiga yuklamasi ko‘p boshqa yo‘llarda ham muqobil magistrallar qurish, yo‘llarda qulaylik va xavfsizlikni kuchaytirish, turli pullik xizmatlarni tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbariga Birlashgan Arab Amirliklarining “AD Ports Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatida “quruq port” tashkil qilish loyihasi to‘g‘risida ham axborot berildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sirdaryoda tadbirkor ayolga shilqimlik qilgan mansabdor isdan olindi'ning rasmi

    Jamiyat 15.09.2025 20:58

    Sirdaryoda tadbirkor ayolga shilqimlik qilgan mansabdor isdan olindi

    Soliq inspeksiyasi rahbari eri musofirda bo‘lgan ayolga nisbatan shilqimlik mazmunidagi SMS xabarlar yozib, oylar davomida bezovta qilgan.

    'Sobiq vazir Aziz Voitovga sud hukmi o‘qildi'ning rasmi

    Jamiyat 15.09.2025 19:01

    Sobiq vazir Aziz Voitovga sud hukmi o‘qildi

    U juda koʻp miqdorda talon-torojlikda aybdor topildi, ammo ozodlikdan mahrum etilmadi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 15.09.2025 18:30

    'Dollarning rasmiy kursi yangilandi'ning rasmi

    Jamiyat 15.09.2025 16:41

    Dollarning rasmiy kursi yangilandi

    Dollarning rasmiy kursi 82,22 so‘mga tushdi.

    'Toshkentda yoʻl choʻkishi ortidan avtobus va mikroavtobus botib qoldi, ekskavator agʻdarildi'ning rasmi

    Jamiyat 15.09.2025 12:30

    Toshkentda yoʻl choʻkishi ortidan avtobus va mikroavtobus botib qoldi, ekskavator agʻdarildi

    Gulsanam ko'chasida ro'y bergan hodisa ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo'ldi.

    'ТТЗ бозори ҳудудида автоулов чуқурга тушиб кетдими?'ning rasmi

    Jamiyat 15.09.2025 11:34

    ТТЗ бозори ҳудудида автоулов чуқурга тушиб кетдими?

    Ayni paytda ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.