AsosiyJamiyat

Samarqandda iste’molga yaroqsiz 2 tonna go‘sht olib ketayotgan yuk mashinasi aniqlandi

Mahsulotlar belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

'Samarqandda iste’molga yaroqsiz 2 tonna go‘sht olib ketayotgan yuk mashinasi aniqlandi'ning rasmi

Samarqand viloyatiga olib kelinayotgan 2 tonna go‘sht yo‘q qilindi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar qildi.

2025 yil 14 fevraldan 15 fevralga o‘tar kechasi Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi «Yuqori nuqta» YPX maskanida Namanagan-Samarqand yo‘nalishida harakatlanayotgan Shineray T30 rusumli avtomashina to‘xtatildi.

Tekshiruv davomida 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi avtomobil yukxonasida 2 tonna mol go‘shti borligi aniqlandi. Go‘sht mahsulotlari Samarqand viloyati hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazida tekshirilganda, iste’molga yaroqsiz ekani tasdiqlandi.

Aniqlangan mahsulotlar belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

    Boshqa yangiliklar