AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev BAA Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" muloqotining ikkinchi sammitini o‘tkazish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

'Shavkat Mirziyoyev BAA Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Mamlakatimiz yetakchisi BAA Prezidentiga mustahkam sog‘lik va farovonlik, davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, do‘st Amirliklar xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. Davlat rahbarlari butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyi munosabati bilan ham bir-birlarini samimiy qutladilar.

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil yanvar oyida BAAga amalga oshirgan tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochib, ularni strategik sheriklik darajasiga ko‘targani alohida ta’kidlandi. Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun alohida "yo‘l xaritasi" qabul qilindi.

Yetakchilar O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi, qo‘shma korxonalar soni izchil ortib bormoqda.

Bugungi kunda 20 milliard dollarlik loyihalar portfeli doirasida Amirliklarning yetakchi kompaniyalari bilan "yashil" energetika, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, shaharsozlik va infratuzilma, turizm, xususiy biznes kabi muhim yo‘nalishlarda faol hamkorlik qilinmoqda.

Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" muloqotining ikkinchi sammitini o‘tkazish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Favqulodda vaziyatlar vaziri nega ishdan olingani ma’lum qilindi'ning rasmi

    Siyosat 05.03.2025 10:49

    Favqulodda vaziyatlar vaziri nega ishdan olingani ma’lum qilindi

    Prezident raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

    '“Siz jamiyatni qayta tikladingiz” — Pokiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevga'ning rasmi

    Siyosat 27.02.2025 11:06

    “Siz jamiyatni qayta tikladingiz” — Pokiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevga

    Shahboz Sharif Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruviga kelgandan so‘ng mamlakatni qaytadan transformatsiya qilganini aytdi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 26.02.2025 20:30

    'O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida ikki tomonlama bitimlarning salmoqli to‘plami imzolandi'ning rasmi

    Siyosat 26.02.2025 15:52

    O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida ikki tomonlama bitimlarning salmoqli to‘plami imzolandi

    Davlatimiz rahbari Shahboz Sharifning tarixiy tashrifi O‘zbekiston-Pokiston strategik sherikligida yangi sahifa ochishini ta’kidladi.

    'Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdilar'ning rasmi

    Siyosat 26.02.2025 14:53

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdilar

    “Yo‘l xaritasi" asosida tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

    'Pokiston Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi'ning rasmi

    Siyosat 25.02.2025 08:43

    Pokiston Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

    Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Shahboz Sharif 25-26 fevral kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi.