AsosiyJamiyat

Hashar — elga yarashar!

12-13 aprel kunlari poytaxtda hashar o‘tkaziladi.

'Hashar — elga yarashar!'ning rasmi

Toshkent shahrida 12-13 aprel kunlari keng ko‘lamli hashar o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, hashar doirasida ko‘p qavatli uylar atrofi va jamoat hududlarini tozalash, obodonlashtirish va yashil maydonlarni ko‘paytirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, poytaxtning barcha tumanlarida tartib o‘rnatilib, daraxtlar ekiladi, hovlilar bezatiladi.

"Bu — sevimli shahrimiz obodligi va pokligiga qo‘shgan umumiy hissamizdir. Hurmatli toshkentliklar! Hasharda faol ishtirok etishga chaqiramiz. Tozalikni saqlash — bu katta shahar an’anasi, o‘zimizga, qo‘shnilarimizga va aziz Toshkentimizga bo‘lgan hurmat ifodasidir", — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, hashar quyidagi shartlarga rioya etilgan holda faqat ixtiyoriy tarzda tashkil etiladi va o‘tkaziladi:

- umumxalq hasharini o‘tkazish to‘g‘risida faqat prezidentning tegishli hujjati yoki hukumat qarori bo‘lganda;

- mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etilgan holda;

- jamoat ishlari, shu jumladan qurilish-ta’mirlash va qishloq xo‘jaligi ishlariga majburiy jalb etishga qat’iy yo‘l qo‘yilmagan holda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ish o‘rinlarini tartibga keltirish.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faqat tegishli mahalla hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, bolalar va sport maydonlarini jihozlash, moddiy-madaniy meros obektlarini zarur holatda saqlash, qabristonlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda zarur holatda saqlash ishlarida aholining ixtiyoriy ishtirok etishini tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar