AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga bordi

Prezident Rossiya TIV rahbari va turkman xalqining milliy yetakchisi bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

'Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga bordi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoyev 23 aprel kuni Samarqand shahriga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazadi. Sergey Lavrov 22 aprel kuni Samarqandga yetib kelgandi.

23 aprel kuni u O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov bilan uchrashib, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Vazirlik vakili Mariya Zaxarova Muzokaralar chog‘ida vazirlar xalqaro masalalar, mintaqaviy xavfsizlik, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Markaziy davlatlar hamdo‘stligi va “Markaziy Osiyo—Rossiya” doirasidagi hamkorlikka e’tibor qaratilishini, G‘alabaning 80 yilligini nishonlashga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilinishini aytgandi.

Kunning ikkinchi yarmida turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Yetakchilar muzokaralar o‘tkazishi va qator tadbirlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qashqadaryoda YTH ortidan ikki kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:54

    Qashqadaryoda YTH ortidan ikki kishi halok bo‘ldi

    Ma’lum bo‘lishicha, mashinani 14 yoshli bola boshqargan.

    'Rossiya G‘arbning Markaziy Osiyo mintaqasida "hukmronlik" o‘rnatishga urinishlariga mutlaqo qarshi'ning rasmi

    Jamiyat 23.04.2025 22:14

    Rossiya G‘arbning Markaziy Osiyo mintaqasida "hukmronlik" o‘rnatishga urinishlariga mutlaqo qarshi

    Bu haqda Rossiya TIV rahbari O‘zbekistonga tashrifi davomida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

    '"Biz ular(Rossiya)ning koloniyasi emasmiz!" - Sherzodxon Qudratxo‘ja'ning rasmi

    Jamiyat 23.04.2025 17:49

    "Biz ular(Rossiya)ning koloniyasi emasmiz!" - Sherzodxon Qudratxo‘ja

    Sherzodxon Qudratxo‘ja Lavrovning e’tiroziga javob qaytardi.

    'Samarqanddagi "Motamsaro ona" poyiga egilgan Lavrov xotira so‘zlari ruscha yozilmaganidan nolidi'ning rasmi

    Jamiyat 23.04.2025 17:45

    Samarqanddagi "Motamsaro ona" poyiga egilgan Lavrov xotira so‘zlari ruscha yozilmaganidan nolidi

    O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya tashqi ishlar vaziri yodgorlikka gul qo‘yish paytida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratgan.

    'Toshkent—Andijon pulli yo‘lini qurishga tender o‘tkazish uchun arizalar qabuli bir oyga uzaytirildi'ning rasmi

    Jamiyat 23.04.2025 13:49

    'O‘zbekistonda sun’iy yomg‘ir texnologiyasi amaliyotga joriy qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat 23.04.2025 13:32

    O‘zbekistonda sun’iy yomg‘ir texnologiyasi amaliyotga joriy qilinadi

    Bu muhim tashabbus Navoiy viloyatining Konimex tumanida amalga oshirildi.