AsosiyJamiyat

Namanganda 14 yoshli bola telefon uchun onasi va buvisini kaltakladi

Ona va o‘g‘il bolaning buzilgan telefoni ta’mirga berilmay, oila a’zolari tomonidan tashlab yuborilgani uchun nizolashib, bir-birini urgan.

'Namanganda 14 yoshli bola telefon uchun onasi va buvisini kaltakladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘smir bola onasini urgani aks etgan video tarqaldi.

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning ma’lum qilishicha, holat 24 aprel kuni Namangan viloyati Davlatobod tumanida sodir bo‘lgan. Unga ko‘ra, 38 yoshli S.Sh. yashash xonadonida 14 yoshli o‘g‘li R.A. bilan maishiy sabablarda (bolaning buzilgan uyali telefoni ta’mirga berilmay, oila a’zolari tomonidan tashlab yuborilganligi tufayli) nizolashib, ona va o‘g‘il bir-birini urgan. 

Nizoni, ayolning onasi, bolaning buvisi X.A. to‘xtatishga uringanida bola buvisiga ham qo‘l ko‘targan. Bildirilishicha, bola xulqidagi mazkur salbiy holat yuzasidan tuman mutasaddilari tegishli choralar ko‘rmoqda.

“Bola tarbiyasi borasida ahamiyatsiz jihatning o‘zi yo‘q. Bola o‘zini tutishi, uning axloqi – oila a’zolarining, ayniqsa ota-onaning xulqi, bolaga bo‘lgan munosabati ko‘zgusidir. Ota-onalar farzand tarbiyasiga mas’ul, uning qiziqishlari va xulqidagi salbiy o‘zgarishlarga o‘z vaqtida e’tiborli bo‘lish shunday xunuk vaziyatlardan saqlaydi”, dedi Surayyo Rahmonova.

    Boshqa yangiliklar